Accessibility Tools

Kompaniya haqida

“OʻZMAXSUSMONTAJQURILISH» AJ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 27-fevraldagi “Montaj va maxsus qurilish ishlarini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2136 – sonli qarori asosida tashkil etilgan. Kompaniya 1965-1992yillarda faoliyat koʻrsatgan Montaj va maxsus qurilish ishlari vazirligi va 1992 – 2014 – yillarda faoliyat koʻrsatgan “Oʻzmontajmaxsusqurilish” uyushmasining huquqiy vorisi hisoblanadi. Kompaniyadagi tarkibiy tashkilot va korxonalar tomonidan asosan ikki yoʻnalishda, yaʼni montaj, maxsus qurilish va qurilish ishlarini bajarish hamda import oʻrnini bosuvchi sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish sohalarida faoliyat yuritadi.

50 yildan ziyod

maxsus qurilish ishlari sohasida tajriba

100dan ziyod

kompaniya tarkibidagi tashkilotlar

Sanoat sohasida: 2014-2023-yillarda Kompaniyaning tarkibiy sanoat korxonalari tomonidan jami 18,5 trln. soʻmdan ortiq mahsulotlar ishlab chiqarildi. 2014-yilda jami 624 mlrd. soʻmlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqilgan boʻlsa, oʻtgan 2023yilda bu koʻrsatkich 2014yilga nisbatan 5,3martaga oshdi va 3 trln. 326 mlrd. soʻmni tashkil etdi.

Qurilish sohasida: Kompaniya tarkibidagi montaj va maxsus qurilish tashkilotlari tomonidan 2014-2021-yillarda 2 trln 900 mlrd. soʻmlik qurilish ishlari bajarildi. Shundan, 2023-yilda 407 mlrd. soʻmlik ishlar bajarilib, oʻtgan yilga nisbatan 105,4 foizni tashkil etdi.


Quyidagilar Kompaniya faoliyatining asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari hisoblanadi:

  • Kompaniya tarkibiga kiruvchi korxona va tashkilotlarning respublika hududlarida iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlash boʻyicha tasdiqlangan dasturlar, shuningdek ijtimoiy sohani rivojlantirish boʻyicha maqsadli davlat dasturlari doirasida maxsus va montaj qurilish ishlarining toʻliq majmuini bajarishni taʼminlash boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirishni amalga oshirish;
  • Maxsus va montaj qurilish ishlari bozorida marketing tadqiqotlarini oʻtkazish, kompaniya tarkibiga kiruvchi korxona va tashkilotlarga umumqurilish pudrat tashkilotlari bilan buyurtmalarni shakllantirishda shartnomaviy-huquqiy munosabatlarni tashkil qilish va takomillashtirish;
  • Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni keng qoʻllash asosida innovatsiya texnologiyalari va ilgʻor montaj tizimlarini joriy etish, shuningdek ularni sanoatlashtirish, maxsus qurilish-montaj ishlarini tashkil qilishni takomillashtirish; 
  • Kompaniya tarkibiga kiruvchi korxona va tashkilotlarga bajarilayotgan ishlarning sifatini oshirishda, litsenziya talablariga va qurilish meʼyori va qoidalariga amal qilishda koʻmaklashish;
  • Kompaniya tarkibiga kiruvchi korxona va tashkilotlarning muhandis-texnik va ishchi kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha ishlarni tashkil etish.

Hozirgi paytda Kompaniya tarkibida jami 77ta tashkilot va korxonalar faoliyat koʻrsatmoqda. Shundan 62 tasi montaj va maxsus qurilish ishlariga ixtisoslashgan qurilish tashkilotlari hamda 15 tasi sanoat korxonalaridir.

Kompaniya faoliyatining predmeti va maqsadlari: Kompaniyani tashkil etishdan asosiy maqsad Kompaniyaning moliyaviy-xoʻjalik faoliyatidan aksiyadorlar manfaatlari uchun foyda olishdir.

Maxsus ruxsatnoma (litsenziya) talab qilinadigan faoliyat turlari tegishli ruxsatnoma (litsenziya) olingandan soʻng amalga oshiriladi. Kompaniya yuqorida koʻrsatilgan faoliyat turlaridan tashqari tadbirkorlik faoliyatining qonunchilikka zid kelmaydigan boshqa turlari bilan shugʻullanishi mumkin.