Accessibility Tools

«O’zmaxsusmontajqurilish» AK yagona aksiyadori

O’zbekiston Respublikasi Davlat Raqobat Qo’mitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi, 2016 yil 16 sentyabrdagi 622-sonli shartnoma asosida ishonchnoma orqali boshqaruvchi, davlat ishonch vakili – Shodiev Muxamadjon Ishpulatovich,  60 150 435 dona ovoz berish huquqini beruvchi oddiy aktsiyalarga egalik qiladi va shu tariqa «O’zmaxsusmontajqurilish» AKning yagona aksiyadori xisoblanadi.
«Aktsiyadorlik jamiyati va aktsiyadorlarning huquqini himoya qilish» to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi Qonunining 58-moddasiga asosan, agar jamiyatda hamma oddiy aktsiyalar yagona aktsiyadorga tegishli bo’lsa, aktsiyadorlarning umumiy yig’ilishi o’tkazilmaydi.
 «Aktsiyadorlik jamiyati va aktsiyadorlarning huquqini himoya qilish» to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga va Kompaniyaning Ustaviga asosan aktsiyadorlarning umumiy yig’ilishi vakolati yagona aktsiyador tomoniga o’tadi va qarori yozma korinishda rasmiylashtiriladi.   

Kompaniya O`zbekiston Respublikasining «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini ximoya qilish to`g`risidagi» qonunga muvofiq o`z aksiyalarini sotib olish to`g`risida ma`lumotlarning mavjud emasligini ma`lum qiladi.