Accessibility Tools

«O’zmaxsusmontajqurilish» AJ

Kompaniya tarkibida jami 77 ta tashkilot va korxonalar faoliyat koʻrsatmoqda. Shundan 62 tasi montaj va maxsus qurilish ishlariga ixtisoslashgan qurilish tashkilotlari 15 tasi sanoat korxonalaridir.

Kompaniyamiz quvvati 0.2dan 12Gkal/soatgacha bo’lgan qozon agregatlarini ishlab chiqarish bo’yicha O’zbekistonda yetakchi o’rinni egallaydi. UABC (Uzbek-America Boiler Corporation) O’zbekiston hududida quvvati soatiga 15 tonnacha bo’lgan bug’ qozonlarini ishlab chiqaruvchi yagona korxona hisoblanadi.

Trest o‘zining 90 yillik faoliyati davomida texnologik asbob-uskunalarni o‘rnatish va sozlash, sanoat korxonalari konstruksiyalari tizimlarini, nasos-kompressor agregatlarini, sferik hamda silindrsimon sisternalarni, yuk ko‘taruvchi transport vositalarini o‘rnatish, sozlash sohasida samarali tajribaga ega .

TOSHMETROQURILISH

Kompaniya metro, tonnel qilish ishlari bilan shug’ullanadi va moddiy hamda texnik bazasi jihatida O’zbekistonda yetakchi o’rinda turadi.

Parmalash va portlatish ishlariga ixtisoslashtirilgan tashkilot: ochiq usulda qazib olish (karer), temir yo’llar va avtomobil yo’llari qurilishida, gidrotexnik inshootlarni qurishda, korxonalarni rekonstruksiya qilishda poydevorlar va qurilish konstruksiyalarini maydalash, bino va inshootlarning qulashi, maxsus portlatishning boshqa turlarida o’z faoliyatini olib boradi.

Kompaniya tarkibidagi sanoat korxonalari tomonidan import oʻrnini bosuvchi 500 dan ortiq turdagi sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda:

  • Magistral neft-gaz-suv tarmoqlari uchun diametri 426 mm. dan 1620 mm. gacha boʻlgan yuqori bosimli metall quvurlar;
  • Toʻgʻri va spiral chokli diametri 114 mm. dan 377 mm. gacha boʻlgan metall quvurlar;
  • Diametri 15 mm. dan 102 mm. gacha boʻlgan toʻgʻri chokli metall quvurlar;
  • 20×20 mm. dan 200×150 mm. gacha boʻlgan kvadrat va toʻrt burchakli metall quvurlar;
  • Qalinligi 1,8 – 12,7 mm. oʻrama metall listlar;
  • Diametri 12 mm. dan 36 mm. gacha boʻlgan A-500 markali armaturalar;
  • Diametri 0,8 mm. dan 8 mm. gacha boʻlgan metall simlar;
  • Choʻyan radiatorlar;
  • Bolt, shayba, shurup va gaykalar;
  • Metall konstruksiyalar;
  • Shifer tom qoplamalari;
  • 100 m3 dan 20000 m3 gacha boʻlgan neft-gaz metall rezervuarlar;
  • 15 m3 dan 50 m3 gacha boʻlgan oʻrta bosimli suv minoralari;
  • Gaz va qattiq yoqilgʻilarga moslashtirilgan xoʻjalik isitish qozonlari;
  • Sanoat bugʻ isitish qozonlari;
  • Santexnika (umivalnik, unitaz, vanna va boshqa) jihozlari;
  • Xoʻjalik va sanoat ventilyatorlari;
  • Elektr nimstansiyalari, elektr tarqatuvchi jihozlar, vakuumli elektr oʻchirgich va boshqalar.

Bizning tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladigan qurilish ish turlari quyidagilardan iborat:

  • Metall konstruksiyalarni ishlab chiqarish va montaj qilish;
  • Sanoat inshootlaridagi  ishlab chiqarish texnologik tizimlarini montaj qilish;
  • Magistral gaz, suv va issiqlik quvurlarini montaj qilish;
  • Oʻrta va yuqori bosimli quvurli tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qurish;
  • Quvvati 0,4 dan 10 kVt gacha boʻlgan elektrotexnika jihozlari va liniyalarni montaj qilish;
  • Isitish va suv taʼminoti tuzilmalari va texnologik inshootlarni  montaj qilish ishlari;
  • Sovutish va havoni tozalash tizimlarini montaj qilish;
  • Yongʻinni oʻchirish, aloqa va telekommunikatsiya, nazorat oʻlchov asboblari avtomatikasi tizimlarini oʻrnatish;
  • Kimyoviy himoya, issiqlik izolyatsiyasi, obmurovka va futerovka  maxsus ishlarini bajarish;
  • Sanoat va grajdan bino va inshootlarini qurish;
  • Qurilish obyektlarida yer texnologik ishlarini bajarish;
  • Burgʻulash va portlatish ishlari;
  • Koʻprik, estakadalar va tunnel inshootlarini montaj qilish;
  • Quvvati 0,4 dan 10 kVt gacha boʻlgan elektrotexnika jihozlarini sozlash va ishga tushirish ishlarini bajarish.

«O’ZMAXSUSMONTAJQURILISH» AJ saytiga xush kelibsiz