Accessibility Tools

Jamiyatning rivojlanish dinamikasi

“OʻZMAXSUSMONTAJQURILISH” AKSIYADORLIK KOMPANIYASI Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 27-fevraldagi “Montaj va maxsus qurilish ishlarini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2136 – sonli qarori asosida tashkil etilgan. Kompaniya 1965-1992-yillarda faoliyat koʻrsatgan Montaj va maxsus qurilish ishlari vazirligi va 1992-2014-yillarda faoliyat koʻrsatgan “Oʻzmontajmaxsusqurilish” uyushmasining huquqiy vorisi hisoblanadi. Kompaniyadagi tarkibiy tashkilot va korxonalar tomonidan asosan ikki yoʻnalishda, yaʼni montaj, maxsus qurilish va qurilish ishlarini bajarish hamda import oʻrnini bosuvchi sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish sohalarida faoliyat yuritadi. Hozirgi paytda Kompaniya tarkibida jami 105 ta tashkilot va korxonalar faoliyat koʻrsatmoqda. Shundan 88 tasi montaj va maxsus qurilish ishlariga ixtisoslashgan qurilish tashkilotlari hamda 17 tasi sanoat korxonalaridir.

I. Qurilish sohasida:

Kompaniya tarkibida qurilish sohasida faoliyat yuritayotgan 87 ta qurilish tashkilotlarining 28 tasi Kompaniyaning davlat ulushiga ega. Shu jumladan:

  • “93-Maxsus Trest” OAJ va uning tarkibidagi 11 ta tashkilotlar – davlat ulushi 83,3 foiz;
  • “Toshmetroqurilish” MCHJ va uning tarkibidagi 5 ta tashkilotlar – davlat ulushi 100,0 foiz;
  • “Portlatishsanoat” AJ va uning tarkibidagi 1 ta tashkilot – davlat ulushi 66,0 foiz;
  • Kompaniya tomonidan yangidan tashkil etilgan, 100,0 foiz davlat ulushiga ega boʻlgan 7ta va 1,5 foizdavlat ulushiga ega boʻlgan 1 ta ixtisoslashgan maxsus, montaj va mexanizatsiya tashkilotlari mavjud.

Kompaniya tarkibidagi ushbu montaj, maxsus qurilish va qurilish tashkilotlaridagi mavjud malakali kadrlar, ishlab chiqarish, moddiy-texnik bazalar hisobiga respublika iqtisodiyotining deyarli barcha sohalaridagi qurilish obyektlarida qatnashib, murakkab metall konstruksiyalar va magistral quvurlar montajidan tortib, elektr, santexnika, ventilyatsiya, havoni isitish, sovutish, kimyoviy himoya, sozlash va ishga tushirish kabi barcha maxsus qurilish ishlarini hamda infrastruktura obyektlarini “kalit ostida” foydalanishga topshirishgacha boʻlgan ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Shuningdek, qurilish obyektlari uchun sifati va mustahkamliligi kafolatlangan turli standart va nostandart metall kontruksiyalar ishlab chiqarmoqdalar. Aniqroq qilib aytganda, montaj, maxsus qurilish va qurilish tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan qurilish ishlari turlari asosan quyidagilardan iborat:

  • Metall konstruksiyalarni ishlab chiqarish va montaj qilish;
  • Sanoat inshootlaridagi ishlab chiqarish texnologik tizimlarini montaj qilish;
  • Oʻrta va yuqori bosimli quvurli tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qurish;
  • Quvvati 0,4 dan 10 kVt gacha boʻlgan elektrotexnika jihozlari va liniyalarni montaj qilish;
  • Isitish va suv taʼminoti tuzilmalari va texnologik inshootlarni montaj qilish ishlari;
  • Sovutish va havoni tozalash tizimlarini montaj qilish;
  • Yyongʻinni oʻchirish, aloqa va telekommunikatsiya, nazorat oʻlchov asboblari avtomatikasi tizimlarini oʻrnatish;
  • Kimyoviy himoya, issiqlik izolyatsiyasi, obmurovka va futerovka maxsus ishlarini bajarish;
  • Sanoat va grajdan bino va inshootlarini qurish;
  • Qurilish obyektlarida yer texnologik ishlarini bajarish;
  • Burgʻulash va portlatish ishlari;
  • Koʻprik, estakadalar va tunnel inshootlarini montaj qilish;
  • Quvvati 0,4 dan 10 kVt gacha boʻlgan elektrotexnika jihozlarini sozlash va ishga tushirish ishlarini bajarish.

Kompaniya tarkibidagi montaj va maxsus qurilish tashkilotlari turli sohalariga tegishli sanoat va fuqoro obyektlari qurilishida ishtirok etib kelmoqda. Xususan:

  • Qoʻngʻirot, Shoʻrtan, Chirchik Maksam, Dehqonobod kimyo zavodlari;
  • Shoʻrtan, Muborak, Buxoro, Jarqoʻrgʻon neft va gazni qayta ishlash zavodlari;
  • Asaka, Toshkent, Samarqand avtomobil va motor zavodlari;
  • Toshkent, Urganch, Navoiy, Samarqand xalqaro aeroportlari;
  • Toshkent va Buxoro tekstil kombinatlari;
  • Uchquduq, Zarafshon, Olmaliq, Navoiy rudani qayta ishlash zavodlari;
  • Talimarjon GRES;
  • Shuningdek, hududlardagi sogʻlikni saqlash, taʼlim, sport, uy-joy va boshqa infrastruktura obyektlari shular jumlasidandir.

Kompaniya tarkibidagi montaj va maxsus qurilish tashkilotlari tomonidan 2014-2020-yillarda 1 trln 335 mlrd.soʻmlik qurilish ishlari bajarildi. Shundan, 2020-yilda 248 mlrd.soʻmlik ishlar bajarilib, oʻtgan yilga nisbatan 108 foizni tashkil etdi. Joriy yilda 270 mlrd.soʻmlik, yaʼni oʻtgan yilga nisbatan 109 foiz miqdorida montaj va maxsus qurilish ishlarini bajarish rejalashtirilgan. “Oʻzmaxsusmontajqurilish” aksiyadorlik kompaniyasi rahbariyati tomonidan sohaning malakali mutaxassislari hamkorligida qurilish sohasida montaj va maxsus qurilish ishlari boʻyicha bir qator iqtisodiy samarali yangi texnologiyalar joriy etildi. Shu jumladan:

  • Infrastruktura obyektlaridagi santexnika tarmoqlariga polipropilen trubalarni qoʻllash texnologiyasi;
  • Uy-joy obyektlarida xonadonlarni bir biriga bogʻliq boʻlmagan holda isitish imkonini beruvchi gorizontal uslubdagi isitish tarmogʻini qoʻllash;
  • Shuningdek, elektr tarmoqlarida qoʻllaniladigan import vakuumli elektr oʻchirgich jihozini ishlab chiqarish texnologiyasi respublikada birinchi marta mahalliylashtirildi.

II. SANOAT SOHASIDA:

“Oʻzmaxsusmontajqurilish” aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatimiz yordamlari bilan montaj va maxsus qurilish tashkilotlarini import oʻrnini bosuvchi mahalliy qurilish mahsulotlari va ashyolari bilan taʼminlash ishlari rivojlantirilib kelinmoqda. Xususan, xorijdan, shu jumladan Rossiya, AQSH, Xitoy va Turkiya davlatlari investitsiyalari hamda mahalliy investorlar jalb etilib,“Toshkent truba zavodi” QK MCHJ, “Konvektor” MCHJ, “Zavod NVA” MCHJ, “Puls-Bah” QK MCHJ, “Sitan” MCHJ, “Noa” MCHJ, “Olmaliq-metall-konstruksiya” MCHJ, “Ven Kon air injiniring” XK, “Davr temir-beton servis” MCHJ, “Sam servis texnologia” MCHJ, “Toshelektrotexmontaj” MCHJ, “Universal metallkonstruksiya” MCHJ va “Toshkent metallkonstruksiya” MCHJ korxonalari potensiyallari oshirildi.Shuningdek, “Uzbek boyler” MCHJ korxonasida respublikada birinchi marta sanoat isitish qozonlarini ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi. Bugungi kunda Kompaniya tarkibidagi sanoat korxonalari tomonidan import oʻrnini bosuvchi 400 dan ortiq turdagi sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. Shu jumladan:

  • Diametri 15 mm.dan 102 mm.gacha boʻlgan toʻgʻri chokli metall quvurlar;
  • 20×20 mm.dan 200×150 mm.gacha boʻlgan kvadrat va toʻrt burchakli metall quvurlar;
  • Toʻgʻri va spiral chokli diametri 114 mm.dan 377 mm.gacha boʻlgan metall quvurlar;
  • Magistral neft-gaz-suv tarmoqlari uchun diametri 426 mm.dan 1620 mm.gacha boʻlgan yuqori bosimli metall quvurlar;
  • Diametri 12 mm.dan 36 mm.gacha boʻlgan armaturalar;- diametri 0,8 mm.dan 8 mm.gacha boʻlgan metall simlar;
  • Choʻyan radiatorlar;- bolt, shayba, shurup va gaykalar;-metall konstruksiyalar;- shifer tom qoplamalari;
  • 100 m3dan 20000 m3gacha boʻlgan neft-gaz metall rezervuarlar;- 15m3dan 50 m3gacha boʻlgan bosimli suv minoralari;
  • Gaz va qattiq yoqilgʻilarga moslashtirilgan xoʻjalik isitish qozonlari;
  • Sanoat bugʻ isitish qozonlari;- santexnika (umыvalnik, unitaz, vanna va boshqa) jihozlari;
  • Xoʻjalik va sanoat ventilyatorlari;
  • Elektr nimstansiyalari, elektr tarqatuvchi jihozlar, vakuumli elektr oʻchirgich va boshqalar.

2014-2020-yillarda Kompaniyaning tarkibiy sanoat korxonalari tomonidan jami 8,0 trln.soʻmdan ortiq mahsulotlar ishlab chiqarildi. 2014-yilda jami 624 mlrd.soʻmlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqilgan boʻlsa, oʻtgan 2020-yilda bu koʻrsatkich 2 trln. 98 mlrd.soʻmni, oʻsish soʻrati 338 foizni tashkil etdi. Shu jumladan,

  • 2020-yilning oʻzida 165 ming tonna metall quvurlar, 160 ming tonna armatura va sim mahsulotlari, 8 ming tonnadan ortiq metall konstruksiyalar, 20 ming m3 temir-beton buyumlari, 200 ming shartli dona santexnika jihozlari, 48 mlrd.soʻmlik elektr jihozlari va boshqalar ishlab chiqarildi.Kompaniya boʻyicha zamonaviy va talabgor investitsiya loyihalarini koʻpaytirish, yangi texnologiyalarni qoʻllash, import hajmini kamaytirish va yoqilgʻi-energiya resurslarini tejash boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar oʻz natijasini bermoqda.
  • Joriy yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 9-yanvardagi PQ- 4563 – sonli qarori asosida 84,6 mln. AQSH dollari va yillik quvvati 500 ming tonna boʻlgan “Yupqa oʻrama metall prokati ishlab chiqarish” yangi yirik investitsiya loyihasi 2021-yil IV chorakda ishga tushiriladi. Hozirgi kunda loyihaning texnologik jihozlari Xitoy Xalq Respublikasi va “Oʻzmaxsusmontajqurilish” AK mutaxassislari tomonidan montaj qilinmoqda. Loyihaning ishga tushishi hisobiga import metall shtrips mahalliy xom-ashyoga aylanadi va 2021-yil yakuniga 51,0 mln. dollar miqdoridagi valyuta iqtisod qilinadi. Keyingi yillarda ushbu quvvat toʻla ishlashi bilan yiliga oʻrtacha 240 mln.dollardan ortiq miqdoridagi valyutani iqtisod qilish imkonini beradi.
  • Import xom-ashyo va uskunalar xarid qilish 2019-yil yakuniga 238,6mln. dollarni tashkil etgan boʻlsa, 2020-yil yakuniga 169,7mln.dollar miqdorida xarid qilindi (shu jumladan 31,7 mln. dollarga texnologik uskunalar va 138,0 mln. dollarga xom-ashyo xarid qilingan). Yaʼni, 2020-yil yakuniga import hajmini 68,8 mln. dollar miqdorida kamaytirishga erishildi.
  • 2020-yil yakuniga ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sanoat kooperatsiyasi hisobiga import 58,6 mln dollarga optimallashtirildi. Buning natijasida, mahsulotlarni ishlab chiqarish xarajatlari kamaytirilib, ularning tannarxi oʻrtacha 4,4 foizga, yaʼni 74,4 mlrd.soʻmga pasaytirildi.

III. 2021-YIL REJALARI:

“Oʻzmaxsusmontajqurilish” aksiyadorlik kompaniyasi va uning tarkibidagi qurilish tashkilotlarida va sanoat korxonalari tomonidan ish rejalari va biznes rejalarida asosida 2021-yilda montaj, maxsus qurilish va qurilish ishlarini hamda import oʻrnini bosuvchi sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni rivojlantirish, yangi turdagi mahsulotlarni mahalliylashtirish, investitsiyalarni, shu jumladan xorijiy investitsiyalarni yanada koʻproq jalb etish, importni qisqartirish, yoqilgʻi-energiya resurslarini tejash, mahsulot nannarxini pasaytirish va yangi ish oʻrinlarini koʻpaytirish boʻyicha barcha zaruriy choralar koʻrib borilmoqda. Xususan,

  • 2021-yilda 270 mlrd.soʻmlik, yaʼni oʻtgan yilga nisbatan 109 foiz miqdorida montaj va maxsus qurilish ishlarini bajarish;
  • 2 trln 720 mlrd. soʻmlik sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish va taqqoslama narxda oʻsish darajasini 105 foizdan oshirish;
  • Shundan, 173 ming tonna metall quvurlar, 168 ming tonna metall prutoklar va katankalar, 9 ming tonnadan ortiq metall konstruksiyalar, 22 ming metr kub temir-beton buyumlari, 210 ming shartli dona santexnika jihozlari, 80 mlrd.soʻmlik elektr jihozlari ishlab chiqarish;
  • Mahalliylashtirish dasturi doirasida 420 mlrd. soʻmlik mahsulotlar ishlab chiqarish;
  • Mahalliylashtirish va kooperatsiya aloqalari hisobiga import hajmini 13,2 mln.dollarga qisqartirish;
  • 5,9 mln.dollar investitsiyalarni oʻzlashtirish va 84,6 mln AQSH dollarlik investitsiya dasturini 4-chorak yakuni bilan ishga tushurish;
  • Mahsulotlar tannarxini 4,0 foizga pasaytirish; 125 ta yangi ish oʻrinlari yaratish;hamda, 4 mln. kilovatt soat elektr energiyasini va 15 tonna yoqilgʻi resurslarini tejash rejalashtirilgan.

2021-yil I chorak yakunida:

  • 48,6 mlrd.soʻmlik, yaʼni oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 108 foiz miqdorida montaj va maxsus qurilish ishlarini bajarildi;
  • 491,2 mlrd soʻmlik oʻsish surʼati 162,4 foiz (oʻtgan yilga nisbatan taqqoslama narxda 124,4 foiz) sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi. Xususan, 18,9 ming tonna metall truba mahsulotlari hamda 43,9 ming tonna metall prutok va katankalar ishlab chiqarildi;import hajmi 94,3 mln dollarni tashkil etdi.
  • Import tarkibidagi mahsulotlarning barchasi xom – ashyo boʻlib, koʻrilgan choralar natijasida hisobot davrida ishlab chiqarish hajmi 162,4 foizga oshirildi. (importning 30 foizi joriy yilda ishga tushiriladigan “Yupqa oʻrama metall prokati ishlab chiqarishni tashkil etish” loyihasi uchun xarid qilindi va 2021-yil IV chorakda Mahalliylashtirish dasturida belgilangan rejaga koʻra 419 mlrd.soʻmlik yangi import oʻrnini bosuvchi yupqa oʻrama metall prokati ishlab chiqarishga zamin yaratildi).
  • Hisobot davrida 1,04 mln. kVt/soat elektr energiyasi va 3,82 tonna neft mahsulotlarini tejashga erishildi.

2021-yil birinchi yarim yillikda amalga oshiriladigan vazifalar:

  • 131 mlrd.soʻmlik, yaʼni oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 108 foiz miqdorida montaj va maxsus qurilish ishlarini bajarish;
  • 1,0 trln.soʻmlik mahsulotlar ishlab chiqarish (oʻsish 106,0 foiz). Xususan, hisobot davrida 70,0 ming tonna metall truba va 50,0 ming tonna prutok va katanka ishlab chiqarilish;
  • Import hajmini 114,0 mln dollardan oshirmaslik va oʻtgan yilga nisbatan 99 foizga tushirish;mahsulotlar tannarxini oʻrta hisobda 4,0 foizga yoki 29,7 mln soʻmga kamaytirish;
  • Investitsiya dasturiga asosan I chorakda 1 ta loyiha boʻyicha 3,0 mln. dollar investitsiya oʻzlashtirish;
  • 2,0 mln kVt/soat elektr energiyasi va 7,5 tonna neft mahsulotlarini tejash.

“Oʻzmaxsusmontajqurilish” aksiyadorlik kompaniyasi va uning tarkibidagi tashkilotlar va korxonalar montaj va maxsus qurilish va qurilish sohasida hamda respublikamiz iqtisodiyotining barcha sohalaridagi qurilish obyektlariga import oʻrnini bosuvchi sanoat mahsulotlari yetkazib berish xizmatlariga sifat va mustahkamlik kafolati bilan hamisha tayyor.